"Barselona" himoyachisi jarohatidan qutuldi va "Borussiya"ga qarshi o'yinga tayyor

  • Mr.NoBoDy 08.04.2025 17:16
  • 114
  • 30

"Barselona" markaziy himoyachisi Inigo Martines "Atletiko"ga qarshi o'yinda son mushaklaridan jarohat olgandan so'ng umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.

U Dortmund "Borussiya"siga qarshi o'tadigan Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o'yinida maydonga tushishga tayyor.

"Inigo "Borussiya" bilan o'yinga tayyor bo'lishiga umid qilamiz. Uning qaytishi jamoa himoyasini kuchaytiradi", – dedi klub vakili.

Shuningdek, Dani Olmo ham tiklanishni davom ettirmoqda, u javob uchrashuvida o'ynashi mumkin, Mark Kasado esa may oyigacha qaytmaydi.

Jamoa 9 apreldan 10 aprelga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da bo'lib o'tadigan "Borussiya" bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ўхшаш янгиликлар