Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida hakamlar tana kameralarini taqishadi
Bu haqda FIFA Hakamlar qo‘mitasi rahbari Perluidji Kollina ma’lum qildi. Kadrlar uchrashuvlarning jonli efirida namoyish etiladi.
"Bu tomoshabinlarga ilgari hech qachon taklif qilinmagan burchakdan suratga olish borasida yangi tajribani taqdim etish uchun yaxshi imkoniyatdir.
Bu hakamlarni tayyorlash nuqtai nazaridan ham o‘z maqsadiga ega. Chunki, albatta, referu nimani ko‘rayotganini ko‘ra bilish, brifing o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega, hakam o‘z qarorini qanday qabul qilgan, uning fikri qanday bo‘lgan va hokazo", dedi Kollina.
15 iyundan 13 iyulga qadar AQSHda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi, unda 36 ta jamoa ishtirok etadi.