"Martin Edegor "Real"ga o'tganida atigi 16 yoshda bo'lsa-da, g'oyat istedodli futbolchi edi" - Anchelotti

  • Mr.NoBoDy 08.04.2025 18:08
  • 93
  • 30

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegor nima uchun "qirollik klubi"da muvaffaqiyatga erisha olmaganini tushuntirdi.

"Martin Edegor "Real"ga o'tganida atigi 16 yoshda bo'lsa-da, g'oyat istedodli futbolchi edi. Hozir ham xuddi shunday. Jamoada o'z mahoratini namoyish etish uchun joy topilmagani bois, o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida boshqa klubga o'tishga qaror qilgan. U Evropaning eng nufuzli klublaridan biriga o'tib, hozirda eng yuqori darajada o'ynamoqda", – dedi italiyalik murabbiy matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, skandinaviyalik yarim himoyachi 2021 yilda "Real"ni "Arsenal"ga almashtirgan edi.

Madrid va London klublari UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalida bir-biriga raqib hisoblanadi. Birinchi uchrashuv bugun 8 aprel kuni Angliya poytaxtida bo'lib o'tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. 

Ўхшаш янгиликлар