
Payshanba kuni Argentina terma jamoasining navbatdagi yig‘ini uchun tarkibi e’lon qilindi. "Albiseleste" bosh murabbiyi Lionel Skaloni quyidagi futbolchilarni chaqirishga qaror qildi:
Ruli, Benites, Molina, Foyt, Romero, Otamendi, Senesi, Talyafiko, Valentin Barko, Mak Allister, Perrone, de Paul, Enso Fernandes, Almada, Lo Chesso, Pas, Messi, Simeone, Prestianni, Nikolas Gonsales, Lautaro Martines, Lopes, Alvares, Panichelli.
Ko‘rib turganimizdek, Lionel Messi terma jamoaga chaqiruv oldi.
Noyabr oyida Argentina terma jamoasi faqat bitta o‘yin o‘tkazadi, o‘rtoqlik o‘yini Angolaga qarshi bo‘ladi. O‘yin 14 noyabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi.