iks
ads

Kamoliddin Tojiev: "Umid hech qachon so'nmaydi"

  • Mr.NoBoDy 08.11.2025 19:56
  • 152
  • 30

Superliga 28-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" (0:0) uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugun yomon ko'rsatmadik, birinchi taymda ozgina o'yinimiz qovushmadi, ammo ikkinchi taym to'liq ustunligimiz ostida kechdi. Uch-to'rt marta golga tortadigan vaziyat ham yaratdik. Raqib darvozaboni Azizxon Isaqov ikki bor muqarrar goldan qutqarib qoldi. Qiziqarli bahs uchun har ikki jamoaga rahmat.

- Bugungi durangdan keyin chempionlikka imkoniyat kamayib ketdimi?

- Umid hech qachon so'nmaydi. Yana ikkita o'yinimiz qoldi, faqat yutuq uchun maydonga tushamiz.

- Igor Sergeev nega asosiy tarkibda tushmadi?

- Sergeev mavsum boshidan beri deyarli to'liq o'ynab kelmoqda. Unda tanaffus ko'p bo'lmadi. Hozir terma jamoaga ketadi va yana ikkita uchrashuv o'tkazib qaytishi mumkin. Shu bois ozgina dam berishga qaror qildik.

Ўхшаш янгиликлар