iks
ads

U17 JCH. O‘zbekiston 2-turda Irlandiyada yutqazdi

  • Mr.NoBoDy 08.11.2025 22:55
  • 174
  • 30

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 2-turi doirasida O‘zbekiston U17 terma jamoasi Irlandiyaga qarshi bahsni o‘tkazdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalarida yevropaliklar bosim uyushtirgan bo‘lsalarda, jamoamizning hujumlari xavfli tus ola boshladi. Xususan, Sodiqov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda raqib posbonini dog‘da qoldira olmadi. Shunga qaramay, jamoamiz 20-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Olis masofadan yo‘llangan zarbani darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pni esa Abubakir Shukurullayev darvozaga joylab qo‘ydi.

33-daqiqaga kelib Irlandiya hisobni tenglashtirdi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Greydi Makdonnel bosh bilan darvozaga burib yubordi. Rustamjonov to‘pni qaytara olmadi.

Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalarida ustunlik O‘zbekistonda tomonida bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi yarmida tashabbus Irlandiya tomoniga o‘ta boshladi. Raqibning 75-daqiqada uyushtirgan hujumi samara berdi: yana qanotdan uzatma va bu safar Maykl Nunan bosh bilan darvoamizni ishg‘ol qildi.

Islom Ismoilov shogirdlari qolgan daqiqalarda hech bo‘lmasa durang uchun harakat qilishdi. Ammo raqib yaxshi himoyalanib, bizga imkon bermadi.

Natijada Irlandiya 6 ochko bilan pley-off masalasini hal qildi. O‘zbekiston esa 11 noyabr kuni Panamaga qarshi maydonga chiqadi.

U17 JCH. "J" guruhi, 2-tur
IRLANDIYA - O‘ZBEKISTON - 1:2 (1:1)
Gollar: Greydi Makdonnel (33), Maykl Nunan (75) — Abubakir Shukurullayev (20)

Ўхшаш янгиликлар