
Danilo Duki 27-daqiqadagi goli bilan "Union"ning maydondagi ustunligini hisobga ko'chirdi. Ammo, "Bavariya" yarim himoyachisi Luis Dias aqlbovar qilmas goli bilan hisobni tenglashtirdi. Duki 83-daqiqada yana katta sahnaga chiqdi. "Bavariya" esa 90+3 da Xarri Keynning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.


"Bayer" birinchi bo'limdayoq hisobni 5:0 ko'rinishiga keltirgan edi (yakuniy hisob — 6:0). Gollarga Patrik Shik (dubl), Jonas Xofmann, Ernest Poku va Ibrahim Maza (dubl) mualliflik qildi.


Karni Chukvuemeka 64-daqiqada dortmundliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Mezbonlar o'yinchisi Ransford Kenigsdorffer 90+7 daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, yakuniy hisob durang bo'lishini taminladi.

