“Inter Mayami” KONKAKAF Chempionlar kubogi chorak finalining javob uchrashuvida “Los-Anjeles”ni mag‘lub etdi – 3:1.
Himoyachi Aaron Long 9-daqiqada "Los-Anjeles" jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim oxirida Lionel Messi hisobni tenglashtirdi. Tanaffusdan keyin argentinalik futbolchi Noa Allenga assist berdi va penaltini golga aylantirdi.
"Inter Mayami" birinchi o‘yinda "Los-Anjeles" 1:0 hisobida g‘alaba qozonganidan so‘ng, umumiy hisobda turnirning yarim finaliga yo‘l oldi.
Yarim finalda "Inter Mayami" "Vankuver" - "Pumas" uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.