Lionel Messi joriy mavsumda o‘zining yettinchi va sakkizinchi gollarini kiritdi.
“Inter Mayami” forvardi KONKAKAF Chempionlar Kubogining “Los-Anjeles”ga (3:1) qarshi javob uchrashuvida ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Argentinalik futbolchi joriy mavsum MLS va KONKAKAF Chempionlar kubogida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.