Messi yuqori sermahsullik ko‘rsatmoqda

  • Mr.NoBoDy 10.04.2025 10:22
  • 159
  • 30

KONKAKAF Chempionlar Kubogining javob uchrashuvida Lionel Messi to‘p tepayotgan "Inter Mayami" Amerikaning boshqa bir klubi "Los-Anjeles" bilan to‘qnash keldi.

37 yoshli argentinalikning jamoasi 3:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Oxirgi o‘yinda Messi ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Umuman olganda, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi joriy mavsum “Inter Mayami” safida 9 ta o‘yin o‘tkazdi.

Lionel sakkizta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Messi Florida jamoasiga 2023 yilning yozida kelib qo‘shiladi.Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning dekabr oyi oxirida tugaydi.

Ўхшаш янгиликлар