Islom To'xtaxo'jaev: "Bunday maydonda o'ynashga kim ruxsat berganini bilmayman. Tashqaridan chiroyli, lekin ichi ayanchli ahvolda"

  • Mr.NoBoDy 10.04.2025 10:40
  • 120
  • 30

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining birinchi turida "Paxtakor" - OKMK jamoalari o'zaro uchrashdi.

O'yindan so'ng olmaliqliklar sardori Islom To'xtaxo'jaev fikrlarini bildirdi. 

Match-senterda ochish

"Qiyin o'yin bo'ldi. Guruhdagi birinchi uchrashuv edi. Bunday maydonda o'ynash uchun qanday ruxsat berishadi bilmayman. To'p tepib bo'lmaydi. Lekin bu bahona emas. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamiz harakat qildi, durang qilishga yaqin keldik.  Harakatlarimiz etarli bo'lgani yo'q. Bu - futbol. 

Futbol o'ynaydigan odamlar bilan birga maydonni tekshirishsa yaxshi bo'lardi. To'p yurmaydi bunday maydonda. Sifatli maydonda o'yin ham tomoshabop kechadi. Tashqaridan chiroylidir, biroq ichi ayanchli ahvolda. 

Imkoniyatlarimiz bor. 2 ta bellashuvni uyda o'tkazamiz. Bor kuchimizni ishga solamiz",- deydi Islom To'xtaxo'jaev.

Ўхшаш янгиликлар