"Diario Sport" malumotiga ko'ra, klub prezidenti Joan Laporta, sport direktori Deku murabbiyning agenti Pini Zahavi bilan uchrashgan va muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Klub rahbariyati germaniyalik murabbiyning ishidan hayratda ekanligini malum qilgan va unga ishonch sifatida yangi haftada shartnoma taklif qilishni o'ylagan. Klub va Flik shartnomani uzaytirishga tayyor. Shartnoma muddati esa 2027 yil yozigacha mo'ljallanashi kutilmoqda.
Biroq "Barselona" chiqimlar limitini kamaytirmasa, ushbu shartnomani ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Ayni damda klub asosiy etiborni tarkibni kuchaytirishga qaratgan.