U-17 Osiyo Kubogi. O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi aniq bo'ldi(mi)?

  • Mr.NoBoDy 10.04.2025 22:40
  • 438
  • 30

U-17 Osiyo Kubogining B guruhidagi uchrashuvlar yakuniga etdi.

So'nggi tur qizg'in o'tdi. Yakunda 4 ochkodan to'plagan jamoalar dastlabki uchta o'rinni egalladi. Unga ko'ra, 3-turda mag'lub bo'lgan Yaponiya guruhni peshqadam sifatida yakunladi. 

Yaponiya - Avstraliya

Gollar: Asuto Fujita (7), Daichi Tani (86) - Miles Milliner (51), Maks Anastasio (71), Aleksander Garbovski (81).

Match-senterda ochish

Vetnam - BAA 1:1

Gollar: Duy Kang Xoang Trong (23) - Hazaa Faysal Mahdi (87).

Match-senterda ochish

Ikkinchi o'rinni esa OFK rasmiy sayti tomonidan Avstraliya qo'lga kiritilgani tasdiqlangan. Biroq chorak finalda O'zbekistonga raqib sifatida BAA termasi keltirilgan.

Katta ehtimol bilan O'zbekiston termasining raqibi BAA termasi bo'ladi. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Ўхшаш янгиликлар