KONKAKAF Oltin kubogi-2025 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi

  • Mr.NoBoDy 11.04.2025 15:11
  • 102
  • 30

Mayamida 2025 yilgi KONKAKAF Oltin kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda to‘rt guruhga bo‘lingan 16 ta terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqa 14 iyundan 6 iyulga qadar AQSH va Kanadada 14 ta stadionda, jumladan, JCH-2026 o‘tkaziladigan beshta arenada bo‘lib o‘tadi.

“A” guruhi: Meksika, Kosta-Rika, Surinam, Dominikan Respublikasi

"B" guruhi: Kanada, Gonduras, Salvador, Kyurakao

"C" guruhi: Panama, Yamayka, Gvatemala, Gvadelupa

"D" guruhi: AQSH, Gaiti, Trinidad va Tobago, Saudiya Arabistoni

Ochilish o‘yini Los-Anjelesdagi SoFi Stadiumda bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар