iks
ads

Serxio Ramos «Monterrey»dan ketishini e’lon qildi

  • Mr.NoBoDy 08.12.2025 08:44
  • 154
  • 30

Meksikaning «Monterrey» klubi himoyachisi Serxio Ramos Apertura doirasida «Toluka»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (2:3) so‘ng klubda qolish niyati bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.

«Ochig‘ini aytsam, ha — bu Meksikadagi so‘nggi o‘yinim bo‘ldi. Xafamiz, lekin vijdonimiz toza — maydonda borimizni berdik. Xulosa chiqarish, oyoqqa turish va bu ham futbolning bir qismi ekanligini qabul qilish kerak. Eng katta alamli jihati — muxlislarga yana bir finalni sovg‘a qila olmaganimiz bo‘ldi, chunki ular bunga hammadan ko‘proq loyiq edi. Doimiy qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Olg‘a, «Monterrey»!», — deb yozdi Ramos o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ispaniyalik himoyachining klub bilan shartnomasi yil oxirigacha tuzilgan, shu sababli u hozirdayoq potensial ish beruvchilar bilan muzokaralarga kirishishga haqli.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar