
Xalqaro futbol federasiyasining (FIFA) sobiq bosh kotibi Jerom Valke korrupsiyada aybdor deb topildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Shveysariya Oliy sudi Jerom Valke va gresiyalik tadbirkor Dinos Deris jahon chempionatlarini teletranslyasiya qilish bo‘yicha shartnomalar tuzishda qonunni buzganliklarini aniqlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, FIFAning sobiq bosh kotibi uchta to‘lovning korrupsion niqobini yashirish uchun ularni o‘ziga tegishli kompaniyaning 2013 va 2014 yilgi balanslarida uzoq muddatli kreditlar sifatida aks ettirgan. Funksioner bu lavozimda 2007 yildan 2015 yilgacha ishlagan.