Mirko Elichich: "Bugun antifutbol bo'lgani yo'q"

  • Mr.NoBoDy 12.04.2025 19:32
  • 45
  • 30

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Jayxun" - "Olimpik" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Elichich matbuot anjumanida qatnashdi.

"Yaxshi o'yin. Ikkita yosh futbolchilardan iborat jamoalar o'rtasidagi bahs bo'ldi. Bazi klublarga o'xshab antifutbol namoyish etishmadi. Ikkala jamoa hujumkor o'yin namoyish etishdi. Bitta xatogacha o'yin bo'ldi. "Jayxun"ni g'alaba bilan tabriklayman", - deb gap boshladi Mirko Elichich. 


- Jamoa ketma-ket ikkinchi o'yinda mag'lub bo'ldi. Bu ruhiyat bilan bog'liqmi? 

- Sabablari ko'p. Bu futbolchilarni ikki oy oldin bir jamoaga to'pladik. Yosh futbolchilar bilan hali ko'p ishlash kerak. Bularni yoshida xarakteri o'zgaruvchan bo'lib turibdi. Yil davomida buni yaxshilay olamiz deb o'ylayman. Agar tajribali futbolchilar bo'lganida ular bilan ishlash oson bo'lardi, ammo biz unday qilmadik. 

- Pro liga debyutanti "Jayxun" haqida qanday fikrdasiz? 

- Yaxshi jamoa, futbol o'ynashga intildi. Ammo bu erda futbol uchun sharoitlar etarli emasdek. Gap faqat stadionda emas. "Jayxun"da qobiliyatli futbolchilar borligini ko'rdim, ular bilan to'g'ri ishlansa sifatli futbolchi bo'lib etishishadi.

Ўхшаш янгиликлар