iks
ads

Fabregas: "Real"dagi istalgan o'yinchi maydonga tushishga loyiq. Alonsoga qiyin"

  • Mr.NoBoDy 24.12.2025 22:40
  • 902
  • 30

Murabbiyning fikricha "Real"dagi barcha futbolchilar o'zlarini maydonga tushishga loyiq deb hisoblaydi.

"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning nima uchun "oq kiyimlilar" kiyinish xonasini nazorat qilishi qiyinligini tushuntirib berdi.

"Ularning barchasi [o'yinchilar] juda iqtidorli. Har biri o'yinlarda ishtirok etishga munosib. Hammasi o'ynashi kerak deb o'ylaydi. Har biri o'ziga xos farq yaratishi lozim. Ularning har biri 50 million evro turadi, barchasi o'z milliy terma jamoalarida o'ynaydi. Shubhasiz, buni boshqarish eng qiyin vazifa bo'lsa kerak, Alonsoga qiyin." - deya Fabregasning so'zlarini DAZN manbasiga tayanib Marca keltirmoqda.

Hozirgi vaqtda "Real" Ispaniya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi. Jamoa 18 turdan so'ng 42 ochko to'plagan. Birinchi o'rindagi "Barselona" esa xuddi shuncha o'yinda 46 ochko yiqqan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar