
Manbaga ko'ra, Madrid klubi kadrlar bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun qishki transfer bozoriga kirishni ko'rib chiqayotgan edi, ammo keyichalik rahbariyat ushbu qarordan voz kechgan.
Alonsoning taqdiri Ispaniya Superkubogidagi "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda hal bo'ladi.
"Real Madrid" hozirda Ispaniya chempionati jadvalida 42 ochko bilan ikkinchi o'rinda turibdi va etakchi "Barselona"dan to'rt ochko ortda qolmoqda.
"Real Madrid" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko Madrid" bilan to'qnash keladi. O'yin 8 yanvar kuni bo'lib o'tadi.