iks
ads

"Dinamo"dan navbatdagi yurish. Jamoa Burkina-Faso terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

  • Mr.NoBoDy 26.12.2025 10:48
  • 4007
  • 30

"Dinamo" PFK 2026 yilgi mavsum oldidan selekciya ishlarini davom ettirib, navbatdagi yangi o'yinchi bilan kelishuvga erishganini malum qiladi.

"Jamoamiz murabbiylar shtabi tayanch yarimhimoya chizig'i uchun bir qator yangi o'yinchilar nomzodini ko'rib chiqqach, «Dinamo» PFK Burkina-Faso milliy jamoasiga nomzod Dramane Salou bilan shartnoma imzoladi. 

27 yoshli yarim himoyachi Burkina-Faso milliy jamoasi safida 8 o'yinda maydonga tushgan. Xususan, 2025 yilda JCH-2026 Afrika qitasi saralash bosqichi doirasidagi 2ta o'yinga chaqirilgan. Dramanening so'nggi jamoasi "Xapoel Hayfa" bo'lib, u Isroil klubida bir yilda 33 o'yinda maydonga tushgan. «Dinamo»ga erkin agent sifatida qo'shilgan Salou 2023/24 yilgi mavsumda Armanistonning "Urartu" klubida ham munosib faoliyat ko'rsatib, chempionat, kubok va Evropa Chempionlar ligasi saralash bosqichida jami 42 o'yinda 3ta golga mualliflik qilgan", - deyilgan "Dinamo" jamoasi matbuot xizmati bergan xabarda.

Fuqaroligi: Burkina-Faso

Tug'ilgan joyi: Uagadugu, Burkina-Faso

Tug'ilgan sanasi: 22 may, 1998 yil

Ampluasi: Tayanch yarimhimoyachi.

Milliy jamoasi: Burkina-Faso 

Yutuqlari

2018 yil – Burkina-Faso kubogi g'olibi;

2018/19 – Serbiya kubogi g'olibi;

2022/23 – Armaniston chempioni;

2022/23 – Armaniston kubogi g'olibi;

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar