
Ayni damda "Napoli"ni boshqarayotgan italiyalik murabbiy 2016-2018 yillarda "Chelsi"ni boshqargan.
"Chelsi"da o'ynaganimda u bilan doimo janjallashardik, lekin ikkimiz ham bir narsani istardik.
Uning jahlini ko'p chiqarganman, deb o'ylaganman. Lekin biz keyin APL va Angliya Kubogini yutdik. Evropaga qaytishimdan oldin u meni "Napoli"da ko'rishni istayotganini aytdi.
U menga huddi men kabi kuch-g'ayratga to'la, aqlbovar qilmas futbolchi kerakligini tushuntirgandi. Lekin yakunda men u erga bormadim. Chunki menda Evropa pasporti yo'q edi", - dedi braziliyalik futbolchi.