iks
ads

Rasman: "Sho'rtan" Shaykulovni safiga qo'shib oldi

  • Mr.NoBoDy 26.12.2025 21:16
  • 1534
  • 30

Yarim himoyachi Iskandar Shaykulov "Sho'rtan" azosiga aylandi.

"Sho'rtan" jamoasi transfer oynasi doirasida tarkibini yangi futbolchilar bilan kuchaytirishni boshladi. Klub transfer oynasi doirasida tarkibini yangi futbolchilar bilan kuchaytirish ishlarini boshladi. Klubimiz rahbariyati yangi mavsum oldidan jamoa salohiyatini oshirish maqsadida Superligada to'p surgan tajribali futbolchilar hamda legionerlarni tarkibga jalb etishni rejalashtirgan.

Tajribali yarim himoyachi Iskandar Shaykulov jamoamiz bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Futbolchi faoliyati davomida “So'g'diyona”, “Metallurg”, “Andijon” va “Xorazm” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Iskandar Shaykulov o'z tajribasi va mahorati bilan jamoamiz oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishda munosib hissa qo'shishiga ishonamiz", - deb yoziladi klub bayonotida.

Ўхшаш янгиликлар