
"Andijon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, yakuniga etgan mavsumda G'uzorning «Sho'rtan» jamoasida to'p tepgan mahoratli yarim himoyachi Muhammadaziz Ibrohimov endilikda «Qizilqum» sharafini himoya qiladi. Futbolchi klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Muhammadaziz Ibrohimov o'zbek futbolida tarix yarata olgan Olimpiya terma jamoasida ham 10 ta bahsda maydonga tushishga ulgurgan.
Muhammadaziz Ibrohimov haqida:
Tug'ilgan kuni: 29.03.2001 yil
Tug'ilgan joyi: Andijon
Poziciya: yarim himoyachi
To'p tepgan jamoalari: «Olimpik», «Metallurg», «Dinamo», «Sho'rtan»