iks
ads

Marselo: "Men Ronaldudek bo'lmaganman. Doimo hayotdan zavq olganman"

  • Mr.NoBoDy 27.12.2025 00:24
  • 376
  • 30

"Real" sobiq futbolchisi Marselo o'z tanasiga etibori haqida gapirdi.

"Kechagina farzandimga o'zim ishtirokimdagi videoni ko'rsatgandim. U menga: "O'shanda ham semiz bo'lgan ekansiz", deb aytdi. Mening tanam doimo shunday: doimo qornim chiqqan, Ronaldudagi kabi qorin mushaklarim chiqmagan.

Men hech qachon atlet bo'lmaganman, doimo hayotdan zavq olib yashaganman. Albatta, doimo mashg'ulotlarda qatnashganman, lekin sport zallariga borib alohida shug'ullanmaganman, dieta tutmaganman.

Keyinchalik o'zimga etibor qilishni boshladim. Tanam doimo bir xil bo'lgan, barqaror o'yin ko'rsatganman. Oradan bir qancha vaqtlar o'tib, menda ortiqcha vazn borligini aytishdi. Men uchun bu normal holat", - dedi Marselo.

Ўхшаш янгиликлар