
Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi Pap Tiau o‘z shogirdlarining Kongo DR bilan o‘yindagi durang natijasiga munosabat bildirdi. Afrika Kubogining 2-turidan o‘rin olgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
"Natija biroz achinarli. O‘yin taqdirini birinchi bo‘limda hal qilishimiz mumkin edi, ammo bunday qilmadik. Men haqiqatan ham qadrlaganim, gol o‘tkazib yuborganimdan keyin futbolchilarimning reaksiyasi edi", - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Yahoo Sports.
Senegal va Kongo DR 4 ochkodan, Benin 3 ochko, Botsvana 1 ochkodan jamg‘argan. 30 dekabr kuni Senegal Benin bilan o‘ynaydi.