
Turli nominaciyalarda g'oliblar o'z sovrinlariga ega chiqdilar. Yoshlar orasida eng yorqin nom sifatida Abdulboriy Ilyosov etirof etildi. U “Eng yaxshi yosh futzalchi” sovriniga loyiq ko'rildi. Marosimdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik.
"Avvalo shu darajaga chiqishimga ota-onamga, ustozlarimga rahmat aytib qolaman. Bu sovrin meni yanada kuchliroq bo'lishimga yordam beradi. Keyingi yila yanada yaxshi o'yinchi bo'lishga harakat qilamiz.
Ochig'inini aytsam buni kutmagan edim. Hissiyotlar baribir boshqacha. Muxlislarni yangi yil bilan tabriklayman, yaxshi tilaklarni bildiraman.
Nominaciyadagi raqobatdoshlarim do'stlarim, ularning har biri sovringa munosib edi",- deydi Abdulboriy Ilyosov.