
Futbolchining xizmatlariga "Betis" qiziqish bildirmoqda. Ispan klubi murabbiylar shtabi va sport menejmentining fikricha, ukrainalik futbolchi jamoa uslubiga juda mos tushadi. "Roma"da Dovbikni 30 mln evrodan kamiga qo'yib yuborish istagi yo'q. Qayd etilishicha, bitimning turli formulalari bo'lishi mumkin.
Artem Dovbik joriy mavsum "Roma" safida 14 ta o'yin o'tkazdi. Hujumchi hisobida "gol+pas" tizimi bo'yicha "2+2" bor.