
Bugun Dubayda Globe Soccer Awards mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Yilning eng yaxshi terma jamoasi Portugaliya deb topildi. Eng yaxshi agent Jorje Mendesh bo‘ldi. Yilning eng yaxshi sport direktori sovrinini "PSJ"dan Luish Kampush qo‘lga kiritdi.
Marosim doirasida La Ligada 2024/25 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha sovrinlar ham topshirildi. Eng yaxshi murabbiy - Xansi Flik ("Barselona"), eng yaxshi futbolchi - Rafinya ("Barselona"), eng yaxshi yosh o‘yinchi - Lamin Yamal ("Barselona"), eng yaxshi seyv muallifi esa Yan Oblak ("Atletiko") bo‘ldi.