iks
ads

Rinkon: "Vinisius bilan "Real" o'z yo'lidan adashdi"

  • Mr.NoBoDy 29.12.2025 19:32
  • 1607
  • 30

Madridning "Real" jamoasi sobiq hujumchisi Ipolito Rinkon Vinisius jamoaning natijalari va o'yiniga, shuningdek, jamoa ichidagi muhitga salbiy tasir ko'rsatayotganini takidladi.

Avvalroq braziliyalik hujumchining klub bilan shartnomani uzaytirishni istamayotgani va jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan ishlashga moyil emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Ilgari jamoada tartibni saqlab turadigan sardorlar bor edi. Klub hamma narsadan ustun qo'yilardi. Di Stefano, Ronaldu va Raul ketdi, ammo "Real" o'z yo'lini davom ettirdi. Vinisius bilan esa ular yo'ldan adashdi", – dedi Rinkon.

Vinisius 2025/2026 yilgi mavsum 30 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning bozordagi qiymati 150 mln evro deb baholanmoqda.

So'nggi o'yinlarda braziliyalik futbolchining harakatlaridan jamoa muxlislari ham norozi bo'lib, uni hushtaklar bilan kuzatib qo'ygan edi.

Ўхшаш янгиликлар