
Xabar qilinishicha, Istanbul klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko futbolchi bilan bog'langan, u unga "Leypcig"dagi faoliyati orqali tanish.
Tedesko futbolchiga yana birga ishlashni taklif qildi, bunga francuz ijobiy javob berdi.
Endi vaziyat ikki klub muzokaralariga bog'liq. Bu mavsumda Nkunku A Seriyada 12 o'yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Futbolchi shu yozda "Milan" tomonidan "Chelsi"dan 37+5 million evroga sotib olingan edi.