
Terma jamoa ustozi bugun BAA Pro ligasining 10-turi doirasida bo'lib o'tgan "Al Dafra" - "Bani Yas" bahsini stadiondan tomosha qildi va o'zbekistonlik futbolchilar Otabek Shukurov hamda Aklmal Mozgovoy o'yinini kuzatdi.
"Bani Yas" sharafini himoya qilayotgan Otabek Shukurov va Akmal Mozgovoylar g'alabaga erishishdi (2:0). Shukurov bahsni asosiy tarkibda boshlab, bitta golga assistentlik qildi, Mozgovoy zaxiradan o'yinga qo'shildi.
