iks
ads

"Manchester Siti" keyingi 48 soat ichida transfer borasida elon qilishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 30.12.2025 00:56
  • 406
  • 30

Antuan Semeno "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin.

"Manchester Siti" yaqin vaqt ichida Antuan Semeno bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, o'yinchining tovon puli bilan bog'liq to'lovlar tuzilmasi bo'yicha muzokaralardan so'ng, "Bornmut" 25 yoshli vingerning transferi keyingi 48 soat ichida rasman rasmiylashtirilishini kutmoqda.

Futbolchining o'zi allaqachon "shaharliklar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.

"Bornmut" Semeno ertaga "Chelsi"ga qarshi o'ynashiga umid qilmoqda – bu uning hozirgi jamoasi safidagi so'nggi o'yini bo'lishi kutilmoqda.

APLning joriy mavsumida Antuan 17 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol va 3 ta assist muallifi bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар