iks
ads

Qayta tashkil etilgan "G'azalkent" o'zining ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi

  • Mr.NoBoDy 30.12.2025 01:08
  • 951
  • 30

Bir necha kun oldin "G'azalkent" jamoasi qayta tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

Yaqin o'tmishning taniqli futbolchilaridan biri Zayniddin Tojiev boshchiligidagi jamoa Milliy futbol markazida "Lokomotiv" U-21 vakillariga qarshi maydonga tushdi. 

Keskin kurashlarga boy bo'lgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. "G'azalkent" safida Umid Turg'unov hamda Abdurahmon Abdullaev zafar quchdi, deya xabar qilmoqda klub matbuot xizmati. 

Ushbu o'yindan so'ng jamoa o'z yig'inini yakunlab, qisqa muddatli tatilga chiqdi. Endi klub 3 yanvar kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi.




Ўхшаш янгиликлар