B Seriyadan A Seriyaga chiqqan ilk jamoa malum

  • Mr.NoBoDy 14.04.2025 10:24
  • 78
  • 30

Italiyaning ikkinchi kuchli divizionida to'p surayotgan Sassuolo joriy mavsum yakunidan so'ng A Seriyaga qaytadi.

B Seriyaning 33-turida «Sassuolo» «Speciya» bilan durang o'ynadi va bu orqali o'ziga A Seriya yo'llanmasini naqd qildi.

Shu tariqa, chempionat yakuniga 5 tur qolganida musobaqa jadvalining 3-o'rnida ketayotgan «Speciya» matematik jihatdan «Sassuolo»ga eta ololmaydi.

Malumot uchun, «Sassuolo» bir yildan so'ng yana A Seriyaga qaytdi. Jamoa o'tgan mavsum A Seriyada 19-o'rinni egallab, quyi ligaga tushib ketgandi.

Ўхшаш янгиликлар