Mirjalol Loqaev: "Bu kabi g'alabalar "Ishtixon"ni ulg'aytiradi"

  • Mr.NoBoDy 15.04.2025 20:00
  • 75
  • 30

O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Ishtixon" (0:2) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Loqaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Qiyin o'yin bo'ldi. Ikkinchi raqam ostida o'ynaganimizga qaramay, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Yigitlar 2 ta gol urib, tartibli himoyalanishdi. Menimcha, "Olimpik" jamoasi hali yosh va endi shakllanib bormoqda. Elichich ham jamoa hali o'rganish jarayonida deb aytgandi. Ularga omad tilayman.



- "Olimpik" jamoasi birinchi bo'limda juda ko'p xatolar qildi. O'yindan oldin ular shunchalik ko'p xato qilishini kutganmidingiz?

- Yo'q, bunaqa o'yin kutmagandim. "Olimpik"da tizimli o'yin uslubi bor. Baribir Kapadze o'zidan nimalardir qoldirib ketgan. O'ylaymanki, taktik tomonlama yaxshi jamoa. "Olimpik" futbolchilari hali moslashish jarayonini boshdan kechirmoqda.



- Bugungi g'alaba "Ishtixon"ga qanchalik ishonch bag'ishlaydi?

- "Ishtixon" – yosh jamoa. Bu kabi g'alabalar bizni ulg'aytiradi. O'zingiz o'ylab ko'ring, "Olimpik" o'tgan yili qaerda edi, biz qaerda edik.

Ўхшаш янгиликлар