Anvar Berdiev: "Hujumdagi muammolar - nozik nuqtamiz"

  • Mr.NoBoDy 16.04.2025 00:32
  • 90
  • 30

O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Sho'rtan" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Mashal" jamoasi o'yinning dastlabki qismidayoq qizil kartochka olgandi. Hujumlarga zo'r berdik, biroq gol ura olmadik. Shu bizning og'riqli nuqtamiz. Tarkibdagi barcha futbolchilarga imkon berilayapti, biroq gol ura olmayapmiz.

- "Sho'rtan" jamoasi katta vaqt oralig'ida 1 kishi ko'p bo'lib o'ynadi. Gol ura olmagan jamoada muammo hujumchilarda bo'ladimi?

- Bor hujumchilarimizga imkon berdik. Ko'p vaziyat yarata oldik deb olmadik. Nozik nuqtamiz hujkm bo'lib qolayapti. Mashg'ulot boshqa, haqiqiy o'yin boshqa.

- "Mashal" va "Sho'rtan"ga O'zbekiston kubogida raqiblar qulayroq tushdi. Shu haqida fikringiz qanday?

- "Olimpik" va "Ishtixon" jamoalarini o'rganib chiqammz, oldinda vaqtimiz bor. O'z maydonimizda o'tadigan o'yinlar bizga qo'shimcha kuch beradi. O'yinni tahlil qilamiz, xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz.

Ўхшаш янгиликлар