Vitaliy Levchenko: "Oxirgi daqiqada g'alabani boy berish istalgan murabbiyga alam qiladi"

  • Mr.NoBoDy 16.04.2025 01:24
  • 105
  • 30

O'zbekiston kubogi birinchi turidan o'rin olgan "Navbahor" "Neftchi" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- O'yin yuqori bosim ostida o'tdi. Ikkita kuchli jamoalar. Birinchi taym Farg'onada bo'lgandi, bugun ikkinchi bo'limni kuzatdik. Bugun muxlislar o'yindan zavq olishdi. Hisob maydonda yuz bergan voqealarni aks ettirdi.

- Bugun Jamshid Iskanderov nisbatan orqaroqda o'ynadi. Bu taktika bilan bog'liqmidi?

- Raqib shunga majbur qildi. Bundan ko'rsatma bo'lmagandi. O'yin shuni taqazo qildi.

- Natija va jamoangiz o'yinidan qoniqdingizmi?

- Jamoa o'yinidan qoniqdim. O'yin ikkiga bo'lindi: qizil kartochkagacha va chetlatishdan keyingi. Oxirgi daqiqada g'alabani boy berish istalgan murabbiyga alam qiladi. G'alabani saqlab qola olmaganimiz biroz alam qildi. 

Ўхшаш янгиликлар