Britaniyaning nufuzli GiveMeSport portali "Real" o'yinchilarining hozirgi haftalik maoshlari reytingini elon qildi. Biroq, manba bu raqamlar soliqlar chegirilganidan oldin yoki keyin ekanligini aniqlashtirmagan.
Jamoada eng yuqori maoshni franciyalik yulduz hujumchi Kilian Mbappe oladi, uning haftalik maoshi 502 088 funt sterlingni tashkil etadi. Vinisius Juniorda bu ko'rsatkich biroz kamroq - 344 735 funt.
Yarim himoyachilar orasida eng yuqori maosh Jud Bellingemga tegishli - 344 735 funt, himoyachilar orasida esa David Alaba 372 373 funt oladi.
Tibo Kurtua 248 249 funt maosh olsa, Andrey Luninning maoshi undan deyarli besh barobar kam - 46 505 funt sterlingni tashkil etadi.