Mutaxassis Red Bull'da futbol yo'nalishining global rahbari lavozimida o'zini juda charchagan his qilmoqda. Qayd etilishicha, Klopp murabbiylik faoliyatini tiklash variantlarini ko'rib chiqishga tayyor.
2025 yil 1 yanvardan boshlab 57 yoshli nemis Red Bull kompaniyasining global rahbari vazifasini bajarishga kirishdi. U murabbiy sifatida "Maync", "Borussiya Dortmund" va "Liverpul" klublarida ishlagan.