Rays: "Arsenal" "Real" kambek qilmasligiga ishonchi komil edi"

  • Mr.NoBoDy 17.04.2025 12:40
  • 120
  • 30

"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays jamoasining Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.

"Kanonirlar" 1/4 final bosqichida Madridning "Real" klubini mag'lub etdi. Ikki o'yindan iborat qarama-qarshilikning umumiy hisobi - 5:1 londonliklar foydasiga.

Birinchi o'yin 3:0 hisobida yakunlandi. Shundan so'ng "Real"ning Madriddagi kambeki haqida ko'p gap-so'zlar bo'ldi. Ammo, Ispaniyada ham "Arsenal" kuchliroq bo'lib chiqdi (2:1).

"Real"ning kambeki haqida ko'p gapirildi, axir ular buni ko'p marta uddalashgan. Ammo, biz birinchi o'yindanoq oldinga o'tib olishimizga amin edik. Buni miyada saqlab, haqiqatga aylantirdik", - dedi Rays.

Ўхшаш янгиликлар