Ushbu jamoalar elitada 15 yillik tanaffusdan so'ng uchrashishadi. Ikki klub shu paytgacha chempionat doirasida 4 bor kuch sinashishgan bo'lib, bu o'yinlarda to'liq ustunlik "Bunyodkor" tomonida 4 ta g'alaba. "Qaldirg'ochlar" raqib darvozasiga 12 ta gol urgan va 3 ta o'tkazgan. So'nggi o'yin 2010 yilning 1 avgust kuni bo'lib o'tgan, unda poytaxt klubi 4:1 hisobida g'alaba qozongan.
Superliga-2010
01.08.2010. 14-tur.
"Bunyodkor" - "Xorazm" 4:1
Gollar: Rivaldo 11, Stevica Ristich 21, 54, Sahob Jo'raev 89 - Zafar Polvonov 26
"Bunyodkor": Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Anvar G'ofurov, Edson Ramos, Sahob Jo'raev, Rivaldo, Aziz Xaydarov, Timur Kapadze, Viktor Karpenko, Denilson, Stevica Ristich
"Xorazm": G'ayrat Hasanov, Baxtiyor Ashurmatov, Rustam Qurbonboev, Javodullo Ibrohimov, Azamat Isaev, Omon Abdug'aniev, Rustam Hakimov, Ibrohim Rahimov, Govanchmuhammad Ovekov, Zafar Polvonov, Anvar Abduqodirov
Uchrashuv ertaga soat 18:00da "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.