BAAning futbolga oid turli manbalarining yozishicha, yaqin soatlarda mamlakat futbol federaciyasi ruminiyalik mutaxassis Kosmin Olariuni terma jamoa ustozi sifatida elon qilishi kutilmoqda.
55 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Saudiya Arabistoni terma jamoasi, "Al Hilol", "Al Ain", "Shabab Al Ahli" jamoalarida faoliyat olib borgan. Ayni paytda esa "Sharja" jamoasini boshqarmoqda.
Jamoa jahon chempionati saralash bosqichi "A" guruhida BAA termasi 8 o'yindan so'ng 13 ochko jamg'argan holda 3-o'rinda bormoqda. Amirliklar navbatdagi uchrashuvni 5 iyun kuni o'z maydonida O'zbekistonga qarshi o'tkazadi, so'ngra Qirg'iz Respublikasiga safar uyushtiradi.