Saudiya klubining ekvadorlik futbolchini qo'lga kiritish imkoniyati nolga teng. "Chelsi" Kaysedoni katta pulga ham sotmaydi.
Londonda 23 yoshli ekvadorlikni sport loyihasining muhim figurasi deb bilishadi. Shunday ekan, Kaysedo Krishtianu Ronalduning jamoadoshiga aylanmaydi.
Moyses Kaysedo "Chelsi" safida jami 85 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 7 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Transfermarkt futbolchini 80 million evroga baholamoqda.