"Barselona" "Manchester Siti" futbolchisini sotib olishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 17.04.2025 18:24
  • 126
  • 30

"Manchester Siti" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva Angliyani tark etishi mumkin.

Yulduzli xavbekda Ispaniya chempionatining top-klublaridan biriga yo'l olish varianti bor. Portugaliyalik xavbek xizmatiga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 45 million evroga baholamoqda. Bernarduning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.

Bernardu joriy mavsum Angliya chempionatida 27 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Ўхшаш янгиликлар