Anchelotti 26 aprel kuni Ispaniya kubogi finalidan keyin "Real"ni tark etadi

  • Mr.NoBoDy 17.04.2025 19:40
  • 183
  • 30

Karlo Anchelotti mavsum yakuniga qadar "Real"ni tark etishi mumkin.

Murabbiy 26 aprel kuni bo'lib o'tadigan Ispaniya kubogi finalidagi klasikodan so'ng lavozimini tark etishi kutilmoqda. La Liganing qolgan o'yinlarida, jumladan, 11 may kuni "Barselona"ga qarshi o'yinda Anchelotti jamoani boshqarmaydi.

"Real" Chempionlar Ligasi 1/4 finalida "Arsenal"ga (1:2, 0:3) imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi. Jamoa La Ligada mavsum tugashiga 7 tur qolganida "Barselona"dan 4 ochko ortda qolib, 2-o'rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар