"Ajoyib o'yin guhovi bo'ldik. Bu uchrashuvdan muxlislar yutdi. “Nasaf” tarkibi kuchli bo'lgan amaldagi chempion jamoa. Yangi mavsumda esa o'z safiga Cheranni ham qo'shib olishdi. Bugungi o'yin juda muhim edi. Jamoam yomon o'ynagani yo'q, lekin raqibimiz safidagi yuqori saviyali futbolchilar birgina vaziyatdan foydalanib ketdi. Juda ham chiroyli bahs bo'ldi. O'tgan mavsumda o'zimiz yo'l qo'ygan xatolar tufayli guruhda qolib ketgandik. 0:2 hisobidan so'ng yakunda g'alaba qozona oldik. Biz muxlislar uchun o'ynashda davom etishimiz kerak, natija qanday bo'lishidan qatiy nazar. Oldinda muhim bahslar bor, endi chempionat o'yini haqida o'ylashimiz kerak" - dedi Mirjalol Qo'shoqovich bahs yakunlangach.
- Keyingi bahsda nafaqat ochkolar balki gollar nisbati ham katta rol o'ynaydi….
- Kechirasiz, keyingi o'yinimiz chempionat doirasida bo'lib o'tadi, kubok emas. Men hech qachon o'yindan o'yinga sakramayman. O'zingiz bundan yaxshigina habardorsiz. Bugungi bahs tarixga aylandi, endi keyin o'yin haqida o'ylashimiz kerak.