O'zbekiston U-15 terma jamoasi UEFA Rivojlanish Kubogida qatnashadi

  • Mr.NoBoDy 25.04.2025 12:08
  • 387
  • 30

Ayder Kurbaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi 28 aprel kuni Toshkent shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

7 maydan boshlab yig'inning ikkinchi qismi Armanistonning Erevan shahrida davom etadi. Jamoa 8-12-may kunlari UEFA Rivojlanish Kubogida ishtirok etadi.

Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Aziz Berdiev ("Odil Ahmedov" FA), Quvonchbek Hayitmurodov ("Nasaf").

Himoyachilar: Abubakr Mamatov ("Odil Ahmedov" FA), Yusuf Mahmudjonov ("Paxtakor"), Hojiakbar Zulfiqorov ("Toshkent" FA), Siddiq Tilloev ("Paxtakor"), Azizillo Erkinjonov ("Bunyodkor"), Shehroj Odilov ("Oq-tepa").

Yarim himoyachilar: Yahyo Nasrulloev ("Odil Ahmedov" FA), Diyor Uskenboev ("Oq-tepa"), Hasan O'ralov ("Nasaf"), Usmon Shuhratillaev ("Do'stlik"), Abdulaziz Shukurov ("Lokomotiv"), Fayz Achilov ("Oq-tepa").

Hujumchilar: Ro'zimurod Ro'zimurodov ("Lokomotiv"), Shohjahon Mahamadjonov ("Bunyodkor"), Doniyor O'ktamov ("Jizzax" FA), Ulug'bek Xayrullaev ("Bunyodkor"), Behruz Samatov ("Odil Ahmedov" FA), Emmanuel Emonkpaire ("Paxtakor").


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar