"Lionel Messiga hozir to'xtashni maslahat bergan bo'lardim, u shundoq ham futbol uchun ko'p ish qildi. So'nggi jahon chempionatidagi g'alaba uni yanada afsonaviy qildi. U ajoyib o'yinchi!", - dedi Drogba.
37 yoshli Messi 2023 yilning yozidan buyon "Inter Mayami" safida o'ynamoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 42 ta gol va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 20 mln evroni tashkil etadi.