Bugun Sevilyada "Real" va "Barselona" o'rtasida Ispaniya kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Avvalroq, "qaymoqranglilar" klubi televideniyasi Rikardo de Burgos Bengoechening "Barsa"ga qarshi o'yinga tayinlanganini tanqid qilib, hakamning "Real" raqiblari foydasiga bir qator xatolarga yo'l qo'yganini ko'rsatgan videoni elon qilgandi.
"Menimcha, bu mag'lubiyat holatidagi taktika. Ular og'ir mag'lubiyatdan, ehtimol, yirik mag'lubiyatdan qo'rqishadi.
Ular o'zlariga bahona qidirishmoqda", - dedi "Liverpul" sobiq hujumchisi Jibril Sisse.