Flik "Real" ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng nima dedi?

  • Mr.NoBoDy 27.04.2025 09:48
  • 99
  • 30

Bugun tunda Ispaniya Kubogi finalida "Barselona" va "Real" o'zaro to'qnash keldi (3:2).

Ushbu uchrashuvdan so'ng kataloniyaliklar ustozi Xans Flik fikrlarini bildirdi. 

"Шogirdlarim bilan faxrlanaman. Jamoam uchun xursandman. Ular ajoyib ishni bajarishdi. Kurashishdi, intilishdi. Bunday finalda sovrin yutish boz ustiga klasikoda doim alohida ahamiyat kasb etadi. Mening o'yinchilarim va 26 000 muxlis bunga munosib edi.

Biz g'alabani nishonlaymiz, lekin ishlashda davom etish, trebl qilish keyingi maqsadimiz bo'ladi. Bizda bunga imkoniyat bor",- deydi Flik.

Ўхшаш янгиликлар